Dang‘ara tumani hokimining fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli Pishqaron mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Xalq qabulxonasida tashkil etildi.
2026-06-17 11:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumani hokimining fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli Pishqaron mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Xalq qabulxonasida tashkil etildi.
🔷Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, shuningdek, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
🔷Qabul davomida aholi tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, tibbiy va moddiy yordam, yer munosabatlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bank kreditlari ajratish, uy-joy va infratuzilmani yaxshilash kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🔷Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni qonun doirasida hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Ayrim masalalar qabul jarayonidayoq ijobiy hal etildi.
🔷Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.
🔷Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash Dang‘ara tumani hokimligining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.









