Dang‘ara tumani hokimligida kiberjinoyatlarning oldini olish, aholi va tashkilotlarda axborot xavfsizligi madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2026-06-16 10:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumani hokimligida kiberjinoyatlarning oldini olish, aholi va tashkilotlarda axborot xavfsizligi madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔷Yig‘ilishda Dang‘ara tumani hokimi, Farg‘ona viloyati kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining tumanlararo bo‘limi boshlig‘i, tuman IIB boshlig‘i, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
🔷Tadbir davomida internet tarmoqlari orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari, bank kartalari bilan bog‘liq jinoyatlar, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish, fuqarolarni turli aldov sxemalaridan ogoh etish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
🔷Mutasaddilar tomonidan kiberjinoyatlarning yangi turlari va ulardan himoyalanish choralari yuzasidan tushuntirishlar berilib, tashkilot rahbarlariga xodimlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔷Ta’kidlanganidek, kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda har bir fuqaroning ogohligi va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi. Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan vazifalar belgilab olindi.






