Dang‘arada tadbirkorlar murojaatlari tinglandi
2026-06-11 11:00:00 / Yangiliklar

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatida uchrayotgan muammo va takliflarni o‘rganish hamda mavjud masalalarni joyida hal etish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan Dang‘ara tumanida sayyor qabul tashkil etildi.
🔷Mazkur qabulda viloyat hokimligi vakillari,tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, sohaviy mutasaddilar hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdilar.
🔷Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan yer ajratish, kredit mablag‘larini olish, infratuzilma tarmoqlariga ulanish, soliq va ruxsat berish jarayonlari, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🔷Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.







