Dangʻarada “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.
2026-06-11 08:00:00 / Yangiliklar
Dangʻarada “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.

«Yoshlar oyligi » munosabati bilan Yoshlar kuni doirasida aholi hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida Dangʻara tumani Sport maktabida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” yurish marafoni tashkil etildi.
🔷Yurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom hayot tarzini keng ommalashtirish hamda yoshlarni sportga yanada ko‘proq jalb etishdan iborat bo‘ldi.
🔷Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarziga oid tushunchalar aytib o‘tildi.








