Pishqaron MFY hududida joylashgan Xalq qabulxonasida Dang‘ara tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.
2026-06-10 11:00:00 / Yangiliklar

Pishqaron MFY hududida joylashgan Xalq qabulxonasida Dang‘ara tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.
🔷Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
🔷Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, moddiy va tibbiy yordam olish , yer munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bank kreditlari ajratish, uy-joy, infratuzilma va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglandi.
🔷Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida atroflicha muhokama o‘tkazilib, masalalarni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
🔷Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
🔷Dang‘ara tumani hokimligi tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.









