Dang‘ara tumanida “Ayollar daftari” bo‘yicha amaliy yordamlarning mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi
2026-06-09 10:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumanida “Ayollar daftari” bo‘yicha amaliy yordamlarning mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi
🔷Dang‘ara tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 12 maydagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tartibi Nizomi asosida xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlarning mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.
🔷Seminarda respublikadan biriktirilgan vakil J. Dehqonov, viloyat kasaba uyushmasidan biriktirilgan vakil J. Zokirov, tuman hokimi Sh. Tojixakimov, tuman IIB boshlig‘i J. Bozorboyev, “Ayollar daftari” 7-bosqich tuman shtabi a’zolari, mahalla raislari hamda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
🔷Seminar davomida “Ayollar daftari” tizimi orqali xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi
🔷Tadbir davomida tumandagi Boy-bo‘ta mahallasi misolida “Ayollar daftari”ni shakllantirish jarayoni, xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha taqdimotlar tinglandi.






