Soyshildir MFYda tashabbusli budjet asosida qurilgan futbol maydoni foydalanishga topshirildi
2026-06-08 09:00:00 / Yangiliklar

🔷Soyshildir mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yana bir muhim obyekt zamonaviy futbol maydoni foydalanishga topshirildi.
🔷Mazkur loyiha aholi tashabbusi bilan ilgari surilib, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida amalga oshirildi. Yangi sport inshooti mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda futbol sportini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.
🔷Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi jamoasi, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🔷Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
🔷Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan futbol maydoni mahalla yoshlarining iqtidorini namoyon etishi, turli musobaqalar o‘tkazilishi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.









