“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!”
2026-05-25 08:50:00 / Yangiliklar

“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!”
🔷Dang‘ara tumanining eng chekka hududlaridan biri sanalgan Abdusamad MFYda joylashgan 11-umumta’lim maktabida “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori saviya va ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.
🔷Mazkur tadbirda Dang‘ara tumani hokimi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari ishtirok etib, bitiruvchilarni hayotlaridagi eng qutlug‘ va unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etdilar.
🔷Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz umumta’lim maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Davlatimiz rahbarining yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonchi va ezgu tilaklari yig‘ilganlarga alohida ruh va ilhom bag‘ishladi.
🔷Tadbirda olis hududlarda ta’lim olayotgan yoshlar uchun ham yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim olishi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun ko‘rsatilayotgan e’tibor alohida ta’kidlandi.
🔷Shuningdek, o‘qishda, sportda va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh iqtidorli o‘quvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🔷So‘nggi qo‘ng‘iroqning jarangdor sadosi bitiruvchilar uchun bolalik bilan xayrlashuv, orzu va maqsadlar sari yangi hayot eshigini ochgan unutilmas lahzaga aylandi. Qo‘llarida gul, ko‘zlarida ishonch bilan saf tortgan yoshlar ustozlari va ota-onalariga cheksiz minnatdorlik izhor etdilar.









