“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — orzular sari ochilgan yangi hayot eshigi
2026-05-25 08:00:00 / Yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — orzular sari ochilgan yangi hayot eshigi
🔷Dang‘ara tumanidagi 43 ta umumta’lim maktablarida “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruh va unutilmas lahzalarga boy tarzda tashkil etildi.
🔷Tadbirlar davomida barcha umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz umumta’lim maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
🔷Joriy o‘quv yilida tumandagi 2146 nafar 11-sinf bitiruvchilari mustaqil hayot sari ilk qadam qo‘ymoqda. Quvonarlisi, ularning 40 nafari maktabni oltin medal bilan tamomlab, o‘z bilim va iqtidorini namoyon etdi. Shuningdek, 55 nafar bitiruvchi muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinib, talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi
🔷“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari kuy-qo‘shiqlar, samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bilan davom etdi. Ustozlar va ota-onalar bitiruvchilarga oq yo‘l tilab, ularning kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirdilar.









