Dang‘arada “DXX kubogi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-05-21 17:00:00 / Yangiliklar

Dang‘arada “DXX kubogi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
🏆 Dang‘ara tumani istirohat bog‘ida “DXX kubogi” doirasida o‘tkazilgan mini-futbol va futbol musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
⚽️ Musobaqalarda mahallalardan ishtirok etgan o‘g‘il bolalar jamoalari hamda qizlar o‘rtasidagi jamoalari o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini namoyon etdi.
🔷Tadbir boshida tuman hokimi so‘zga chiqib, sport musobaqalari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va vatanparvar yoshlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
🔷Tadbir davomida g‘olib va sovrindor jamoalarga kubok, medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari tuman hokimi boshchiligidagi tuman rahbarlari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
🔷Shuningdek, tadbirning madaniy qismida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari hamda o‘zbek estradasining taniqli vakili ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.









