“Tashabbusli budjet” — aholi manfaati yo‘lidagi amaliy qadam
2026-05-22 10:00:00 / Yangiliklar

“Tashabbusli budjet” — aholi manfaati yo‘lidagi amaliy qadam
🔷 Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga yanada qulay va obod muhit yaratish maqsadida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
🔷 “Tashabbusli budjet” jarayonida “Yangi zamon MFY ko‘chalarini asfaltlash” loyihasi keng jamoatchilik qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lib, g‘olib deb topilgan edi.
🔷 Ayni paytda Yangi Zamon MFY hududida asfaltlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Qurilish jarayonlari belgilangan talablar asosida amalga oshirilib, mas’ul tashkilotlar tomonidan ishlar sifati va muddatlari doimiy nazorat qilinmoqda.
🔷 Mazkur loyiha mahalla fuqarolarining tashabbusi va takliflari asosida shakllantirilib, ichki yo‘llar holatini yaxshilash, transport harakati uchun qulaylik yaratish hamda fuqarolarning kundalik turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.







