“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi
2026-05-15 10:00:00 / Yangiliklar

“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi
🔷Dang‘ara tumani hokimligi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman madaniyat markazi hamkorligida 15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🔷Farzand tarbiyasi bilan bog‘liq milliy qadriyat va an’analarimizni ulug‘lash, keksa avlod vakillarining hayotiy tajribalarini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tumandagi faol xotin-qizlar, nuroniy onaxonlar, yoshlar hamda ibratli oilalar ishtirok etdi.
🔷Tadbir davomida nuroniy onaxonlar tomonidan oila mustahkamligini ta’minlash, yoshlar tarbiyasida milliy qadriyat va an’analarning o‘rni, ahillik va mehr-oqibat muhitini shakllantirish borasida hayotiy misollar asosida fikr-mulohazalar bildirildi.
🔷“Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator oilalarga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari tuman hokimi va tuman prokurori tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
🔷Tadbir yakunida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.









