Dang‘ara tumanida mirishkor pillakorlar mehnatiga munosib baho berilmoqda
2026-05-12 09:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumanida mirishkor pillakorlar mehnatiga munosib baho berilmoqda
🔷Dang‘ara tumanida pillachilik mavsumi qizg‘in pallaga kirib, pilla omborlarida hosil chug‘i baland bo‘lmoqda. Tuman pillakorlari bu yilgi mavsumda 3783 quti ipak qurtidan mo‘l hosil olish hamda shartnomaviy rejani ortig‘i bilan bajarishni maqsad qilgan.
🔷Dang‘ara tumani hokimi hamda “Dang‘ara Ipagi” MCHJ klaster korxonasi rahbari pillachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xonadonlarda bo‘lib, pilla terimi jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔷Jumladan, mirishkor pillakorlar Elyorjon Xaydarov va Nurmatov Asadbek xonadonida bo‘lib, parvarish qilingan ipak qurtlari va yetishtirilayotgan pilla hosili ko‘zdan kechirildi. Suhbat davomida pillakorlar tomonidan amalga oshirilayotgan samarali ishlar, sohada to‘plangan tajribalar hamda mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish borasidagi fikr-mulohazalar tinglandi.
🔷Tuman hokimi pilla yetishtirishda samarali mehnat qilayotgan mirishkorlarning halol va mashaqqatli mehnatini alohida e’tirof etib, bugungi kunda pillachilik sohasi aholi bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.









