Dang‘ara tumanida hokim yordamchilari faoliyatiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
2026-05-06 13:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumanida hokim yordamchilari faoliyatiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
🔷Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari, shuningdek, tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
🔷Ochiq muloqot davomida hokim yordamchilari tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan istiqbolli rejalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
🔷Muloqot davomida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔷Shuningdek, joriy yilda mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar muhokama etildi.
🔷Muloqot yakunida hokim yordamchilari tomonidan bildirilgan takliflar va tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.







