“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” musobaqalari
2026-04-02 13:25:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumani sport maktabida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarining birinchi bosqichi doirasida sportning gandbol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
🔷Tadbirda tuman hokimi hamda tuman rahbarlari ishtirok etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sportni rivojlantirishga qaratilgan e’tibor va bunday musobaqalarning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar
🔷Mazkur musobaqada tumanning turli hududlaridan kelgan yosh sportchilar faol ishtirok etib, o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamladi.
🔷Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘z mahorati va irodasini namoyon etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.









