Dang‘ara tumani 1-son texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot ruhida uchrashuv tashkil etildi.
2026-04-02 12:00:00 / Yangiliklar

🔷Dang‘ara tumani 1-son texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot ruhida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi, tuman rahbarlari, ta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda faol va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.
🔷Uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔷Tadbirda sun’iy intellekt sohasiga alohida e’tibor qaratilib, uning zamonaviy hayotdagi o‘rni, ta’lim va biznes jarayonlaridagi imkoniyatlari, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida keng tushunchalar berildi.
🔷Shuningdek, muloqot chog‘ida yoshlar o‘rtasida ko‘payib borayotgan jinoyatchilik holatlari, uning sabablari va oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi
🔷Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo‘ldi.






