Dang‘arada yoshlar tashabbusi — yangi futbol maydoni foydalanishga topshirildi
2026-04-02 09:00:00 / Yangiliklar

Dang‘arada yoshlar tashabbusi — yangi futbol maydoni foydalanishga topshirildi
🔷Dang‘ara tumani Doimobod mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla aholisi tashabbusi asosida barpo etilgan yangi futbol maydonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔷Tadbirda tuman hokimi boshchiligidagi tuman rahbarlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular tomonidan yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, sportga bo‘lgan e’tibor va bunday tashabbuslarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
🔷Mazkur tadbir “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilib, doirasida futbol musobaqasi ham tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan o‘yinlarda mahallaning yoshlari o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini namoyon etishdi.
🔷Yangi futbol maydoni nafaqat sport musobaqalarini o‘tkazish, balki yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ular o‘rtasida do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.








