Dang‘ara tumani hokimi qabulida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
2026-04-01 10:00:00 / Yangiliklar

🔷Dang‘ara tumani hokimi boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🔷Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bank kreditlari ajratish, moddiy va tibbiy yordam olish, uy-joylarni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish, ishga joylashish, shuningdek elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda boshqa kommunal xizmatlar sifatini yaxshilashga doir murojaatlar bildirildi.
🔷Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan alohida e’tibor bilan tinglanib, ularni qonuniy asosda hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar muhokama qilindi.
🔷Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularni amalga oshirish muddatlari belgilab qo‘yildi.









