Pillachilik — daromad va bandlik manbai
2026-03-27 09:00:00 / Yangiliklar

🔷Dang‘ara tumanida “Pillakor ayol — mehnat va baraka timsoli” mavzusida muhim o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
🔷Ushbu tadbirda viloyat va tuman rahbariyati, soha mutaxassislari, kasanachilar hamda faol xotin-qizlar ishtirok etib, pillachilikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
🔷Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 martdagi PQ-87-son qarori mazmun-mohiyati, pillachilik sohasiga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
🔷Tadbir jarayonida pilla yetishtirishning zamonaviy usullari, pillakorlar daromadini oshirish yo‘llari, xonadonlarda ipak qurtini to‘g‘ri parvarishlash va uy sharoitida ipak ishlab chiqarish imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
🔷Ishsiz xotin-qizlarni pillachilikka jalb qilish, ularni yangi agrotexnik bilimlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔷Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga yuqori hosildorlikka erishish, sifatli ipak qurti tanlash hamda samarali parvarish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.









