Dang‘ara tumani Qiyali qo‘rg‘oncha MFY hududida joylashgan “ZeroMax School” o‘quv markazi faoliyati bilan tuman rahbarlari yaqindan tanishdilar.
2026-03-26 12:25:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumani Qiyali qo‘rg‘oncha MFY hududida joylashgan “ZeroMax School” o‘quv markazi faoliyati bilan tuman rahbarlari yaqindan tanishdilar.
🔷Markaz asoschisi Nazirov Zaynobiddin tomonidan tashkil etilgan ushbu ta’lim maskani yoshlarga zamonaviy bilim berish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
🔷Tashrif davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni, zamonaviy o‘qitish usullari va o‘quv dasturlari bilan tanishildi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun tashkil etilgan qulay muhit, malakali o‘qituvchilar jamoasi hamda fanlar kesimida olib borilayotgan dars jarayonlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
🔷Shu bilan birga, kelgusida markaz faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.






