“Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi.
2026-03-26 10:00:00 / Yangiliklar

Dang‘ara tumani 1-son politexnikumida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi.
🔷Ushbu tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish hamda zamonaviy mehnat bozori talablari asosida malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida ahamiyat kasb etdi.
🔷Mehnat yarmarkasida tumandagi qator tashkilot va korxonalar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, yoshlarga turli sohalar bo‘yicha ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etdilar.
🔷Tadbirda tuman rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazdilar. Suhbat davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy kasb-hunarlarni egallash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔷Mazkur mehnat yarmarkasi yoshlar uchun nafaqat ish topish imkoniyatini, balki o‘z kelajagini aniq belgilash, to‘g‘ri kasb tanlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishda muhim ahamiyat kasb etdi.









