Dang‘ara tumani hokimi boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
2026-03-04 10:00:00 / Yangiliklar

🔷Mazkur qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari, sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🔷Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, moddiy va tibbiy yordam olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish uchun bank kreditlari ajratish, uy-joylarni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish, ishga joylashish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa xizmatlar sifatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
🔷Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan alohida e’tibor bilan tinglanib, ularni qonuniy asosda hal etish choralari muhokama qilindi.
🔷Masalalarning ayrimlari joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha esa mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, amalga oshirish muddatlari belgilab berildi.









