Fuqarolar murojaatlarini hal etish va shaffoflik — ustuvor vazifa
2026-02-07 10:00:00 / Yangiliklar

🔷Dang‘ara tumani hokimi rahbarligida tuman hokimligi xodimlari, tegishli soha va tashkilot rahbarlari ishtirokida ijro intizomini mustahkamlash hamda korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
🔷Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari, shuningdek, ijro intizomiga rioya etish bo‘yicha belgilangan talablar ijrosi muhokama qilindi.
🔷Xususan, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni qonuniy va adolatli hal etish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔷Shuningdek, yig‘ilish davomida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat vazifalarini bajarishda halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi qayd etildi.
🔷Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga ijro intizomini yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.




