ATOM ENERGIYASI BO‘YIChA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI
2025-02-04 12:10:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 3-7 fevral kunlari Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti xodimlari A.Muxamedjanov va D.Muxamedovlar Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tashkilashtirilgan va hozirda davom etayotkan "Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligi (MAGATE) kafolatlarini amalga oshirish" mintaqaviy tadbirda ekspert sifatida ishtrok etishyapti.
Tadbirning maqsadi-Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligi (MAGATE) kafolatlarini amalga oshirish borasida O‘zbekistonning tajribasi bilan tanishtirishdir. Tadbir doirasida O‘zbekistonda MAGATE kafolatlari asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, erishilgan yutuqlar va bu boradagi kelajak rejalari haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat. Tadbir tavsilotlari bilan keyingi chiqishlarimizda tanishtirib boramiz.