RADIATSIYA VA YADRO XAVFSIZLIGINI TARTIBGA SOLISHDA O‘ZBEKISTON VA FRANSIYA HAMKORLIGI
2024-10-09 16:25:00 / Yangiliklar
2024 yilning 9 oktyabr kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida Fransiyaning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi yadroviy masalalar bo‘yicha mintaqaviy maslahatchisi, O‘zbekiston bo‘yicha komissar Aleksandr Gorbachyov bilan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasirahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasida yadroviy infratuzilmani rivojlantirish hamda radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.