#Xushxabar
2025-07-04 08:35:00 / Yangiliklar

#Xushxabar
ZAFAR MUBORAK ChUSTLIK G‘ALLAKORLAR!
Yil boshidan qilingan mehnat o‘z samarasini berdi, 19 ming 865 tonnalik, 104,4 % g‘alla xirmoni yaratildi! Bu natija tuman tarixi uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Yuksak natijalarga erishishda dehqon va fermer xo‘jaliklarining yerga bo‘lgan mas’uliyatli munosabati, agrotexnik talablarga rioya qilish va ish uslubidagi yondashuvlar asosiy omil bo‘ldi.
Tumandagi “Yusufjon xoji Izbosarov”, “Nor”, "Chust Akmaljon Akbarjon", "Chust Hosili MChJ", "Boburmirzo Shohrux", "Paxtakor", "Bunyod", "Bahrom Xoliqchaev", "Oqsuv Olmos", "Ali qori", Omad 2000", "Sharif Xalil", Chust O‘rikzor"," Sa’di fayz", "Chust Otabek Oybek"," Beknur", "Sarvarbek Shoxsanam", "Buvirobi Najmiddinova", "Nabi Sobir", "Barakotu zamin", "Chust Bahodir Ergashev" kabi faol fermer xo‘jaliklari yutuqlari bilan alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.
G‘alla o‘rish davrida tuman hokimligi, mas’ul idoralar, agronomlar, otryadlar va mexanizatorlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida o‘rim ishlari sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirildi.









