Chust tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan Matbuot anjumani tashkil etildi.
2025-05-30 13:30:00 / Matbuot anjumanlari

Chust tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan Matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida Chust tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Yuldashev Shavkat Xusanboevich "Chust tumanida "Ijtimoiy himoya- e’tiborda"."Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2024 yildagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 123-qaroriga asosan Reestrga kiritilgan o‘zalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar 321 nafarni tashkil etadi. Shulardan, 31 nafari yolg‘iz keksalar, 18 nafari yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar, 211 nafari yolg‘iz yashovchi keksalar, 61 nafari yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxlardan iborat. Ularga 33 nafar ijtimoiy xodim assistentlari tomonidan belgilangan xizmat va yordamlar ko‘rsatilmoqda. Reestrga kiritilganlarni 234 nafarini ayollar tashkil etishi haqida to‘xtalib o‘tdi.



