⭐ Chust tumanida Yangi yil shukuhi
2025-12-24 01:05:00 / Yangiliklar

⭐ Chust tumanida Yangi yil shukuhi
🎄Chust tumanida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari yuqori kayfiyatda davom etmoqda. Tuman markazida joylashgan Madaniyat va istirohat bog‘iga o‘rnatilgan bayramona bezatilgan archa aholiga Yangi yil shukuhini ulashmoqda.
Shuningdek, tumandagi barcha tashkilot va korxonalar oldi bayramga xos ravishda bezatilib, yorug‘ chiroqlar va turli installyatsiyalar bilan yangicha ko‘rinish kasb etdi.
Ushbu bayramona muhit fuqarolarning kayfiyatini ko‘tarib, bolajonlar va kattalar uchun quvonch ulashmoqda.
Yangi yil arafasida yaratilgan bunday chiroyli muhit aholining bayramni ko‘tarinki ruhda qarshi olishiga xizmat qilmoqda.









