Yangi yil bayrami arafasida Chust tumani Pansada mahallasi yettiligi tashabbusi hamda mahalla homiylari hamkorligida mahalla hududida istiqomat qilayotgan yoshi ulug‘, 80 yoshdan oshgan nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olish bo‘yicha ezgu tadbir
2025-12-19 14:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Keksalarni e’zozlash — xalqimizga xos eng yuksak insoniy fazilat” degan ezgu g‘oya mazkur tadbirlar orqali amalda o‘z ifodasini topdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, nuroniylarni qadrlash, ularning holidan xabar olish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish nafaqat ijtimoiy burch, balki jamiyatimiz barqarorligi va ma’naviy yuksalishining muhim omilidir.
Yangi yil bayrami arafasida Chust tumani Pansada mahallasi yettiligi tashabbusi hamda mahalla homiylari hamkorligida mahalla hududida istiqomat qilayotgan yoshi ulug‘, 80 yoshdan oshgan nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olish bo‘yicha ezgu tadbir tashkil etildi.
Mazkur tashriflar davomida nuroniylarning sog‘ligi, turmush sharoiti va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan qiziqilib, ularning dardlari tinglandi, samimiy suhbatlar o‘tkazildi hamda duolari olindi. Shuningdek, keksalar va bemorlarning holidan xabar olinib, ularga alohida e’tibor va yuksak hurmat ko‘rsatildi.
Ushbu xayrli tashabbus keksalarga ehtirom, insoniylik va milliy an’analarimizning ustuvor ekanini yana bir bor namoyon etdi. Bunday g‘amxo‘rlik va e’tibor mahallada fayz-baraka, hamjihatlik va ijtimoiy birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Shunday xayrli tashabbuslar tumandagi barcha mahallalarda davom etmoqda....






