Chortoqda g‘alla o‘rimi jadal sur’atlarda davom etmoqda
2025-06-16 18:30:00 / Yangiliklar
Chortoq tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari belgilangan tartib asosida, jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Xususan, "Farg‘ona fayzi” MMTP hududida joylashgan “Chortoq ipagi” fermer xo‘jaligida o‘rim ishlari qizg‘in pallaga kirgan.
Fermer xo‘jaligi hamda otryad a’zolarining hamjihatligi, texnikalarning yuqori unumda ishlayotgani natijasida hosil o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olinmoqda. Har bir harakat samaradorlikka yo‘naltirilgan.






