"Haj-2025" mavsumiga tayyorgarlik
2025-05-15 10:40:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov, tuman hokimi Ilhomjon Sattarov, tuman IIB boshlig‘i Muzaffar Nu’manov hamda mas’ullar ishtirokida Chortoq tumanidan muborak haj ibodatiga boradigan ziyoratchilarga yig‘ilish o‘tkazildi.
Bugungi kunda yurtdoshlarimizning ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Yig‘ilishda ushbu mavsumda haj ibodati uchun Chortoq tumanidagi mahallalardan navbatdagi ziyoratchilar tomonidan haj ibodatiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari birma-bir ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, ziyoratchilarning salomatligini har tomonlama mustahkamlash, issiq iqlim sharoitini inobatga olish hamda yo‘llarda harakat xavfsizligi qoidalariga rioya etish kabi jihatlarga ham alohida urg‘u qaratish ko‘rsatmalari berildi.
Yakunda yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun duolar qilindi.







