Chortoqda tibbiyot sohasida korrupsiya va firibgarlikning oldini olishga doir targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2025-04-23 13:55:00 / Yangiliklar
Bugun, Chortoq tumani tibbiyot birlashmasida tuman prokurori Z.Boyzoqov va tuman IIB boshlig‘i M.Nu’manov ishtirokida targ‘ibot tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda tibbiyot xodimlariga firibgarlik holatlarining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, hamda shubhali shaxslar harakati kuzatilganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish zarurligi to‘g‘risida tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, bemorlarning qimmatbaho buyumlarini yaqinlari orqali topshirishini tashkil etishga doir targ‘ibot ishlari olib borish muhimligi ta’kidlandi.




