"Zakovat" intelektual tuman bosqichi
2025-04-16 17:35:00 / Yangiliklar
O‘quvchi yoshlarning bilim va intellekti sinovdan o‘tadigan, fikr yuritish va logik tafakkur qobiliyatini rivojlantiradigan "Zakovat" intellektual o‘yinlari tumanimizda yuqori ruhda tashkil etildi.
52-umumta’lim maktabida tuman umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Zakovat" intellektual o‘yinining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablaridan iqtidorli o‘quvchilardan tashkil topgan jamoalar faol ishtirok etib, o‘z bilimlari va zehnlarini namoyon qilishdi.
Bellashuv yakunida g‘oliblar aniqlandi:
1-o‘rin – 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi,
2-o‘rin – 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi,
3-o‘rin – 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egalladi.
Gʻolib jamoalar hamda ularning ustozlariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. Intellektual o‘yin ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi va ularning bilimga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.








