Gʻallakorlar: zang kasalligidan ehtiyot bo‘ling!
2025-04-15 10:00:00 / Yangiliklar
Boshoqli don ekinlaridan mo‘l hosil olish uchun agrotexnik tadbirlar o‘tkazish bilan bir qatorda, uning kasallik, zararkunanda va begona o‘tlarga qarshi samarali kurash tadbirlarini o‘tkazish muhimdir. Gʻalla hosiliga qorakuya kasalliklari, fuzarioz, septarioz,unshudring ayniqsa, sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliklari jiddiy zarar yetkazadi.
Ushbu kasalliklar ichida sariq zang kasalligi o‘ta xavfli bo‘lib, uning keng tarqalishi va rivojlanishiga seryomg‘ir va ochiq havoning surinkali almashib turishi qulay sharoit tug‘diradi, yuqori namgarchilikda uning sporalari o‘sa boshlaydi, 2 gradus haroratda esa o‘simlik to‘qimasiga kiradi. Kasallikning tez tarqalishi va rivojlanishi uchun o‘rtacha harorat 8-15 gradus bo‘lganda ommaviy ko‘payib, g‘alla maydonlariga tarqalib ketadi. Qo‘ng‘ir zang kasalligi biroz yuqoriroq haroratda ya’ni 16-22 gradusda yaxshi rivojlanadi. Keyingi yillarda bir qator viloyatlarda mazkur kasallikning bundan ham yuqoriroq haroratlarda rivojlanishiga moslashgan ekotiplari paydo bo‘ldi. Hatto mintaqalarda kasallik o‘ta kuchayib, epifitotiya shaklida tarqalmoqda. Kuzgi bug‘doy zang bilan zararlangan kuzgi bug‘doy o‘simliklari rivojlanishi jumladan, yashil tusini saqlagan barg yuzasi kamayadi, ildizlari zaiflashadi, ozuqa moddalar va suvni o‘zlashtirilishi susayadi, bo‘yi past poyasi nozik bo‘lib, yotib qolishga moyilligi ortadi, gullar boshoqchalar soni kamayadi, don puch bo‘lib qoladi va yalpi hosil kamayadi. Respublikamizning g‘alla maydonlarida uchraydigan zamburug‘li kasalliklarga qarshi samarali usullarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Eng yashxi choralardan biri avvalo kasallikka chidamli navlarni ekish hamda kasallikning tarqalishini oldini olish hisoblanadi.Boshoqli don ekinlarining kasalliklariga qarshi kimyoviy kurash choralari o‘simlikning kasallanish darajasi 5-20 %gacha zararlanganda boshlanadi. Zang kasalliklari bilan kasallanishga moyil bo‘lgan maydonlarda profilatik kimyomviy kurash o‘tkazish zarur.
Bu kasalliklarga qarshi vaqtida samarali kurash tadbirlari o‘tkazilmasa, fermer va klaster xo‘jaliklari tamonidan yetishtirilgan g‘alla hosilini 50-60 foizgacha nobud qiladi. Zang kasalliklariga qarshi kurashishda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning filiallari olimlari tomonidan bir qator fungisidlar sinovlardan o‘tkazilib, shulardan yuqori samaralilarini ishlab chiqarishda zang kasalliklariga tavsiya qilindi; Reykon 28% sus.k.0,5 l/ga, Top-Krop 40% k.e. 0,25-0,3 l/ga, Kolosal Pro 50% k.m.e.- 0,3-0,4 l/ga, Super Konazol 33% em.k. 0,3-0,35l/ga, Sipko-Super 33% em.k.0,3 l/ga, Tiltazol 500 k.e.k. 0,170l/ga, NovIks 25% em.k. 0,25-0,5 l/ga, Azilon 32% k.e. 1,0 l/ga, Xeben Duo k.e. 40% 0,2-0.3l/ga, R-Ultra super 33% k.e. 0,3 l/ga, kabi fungisidlarni me’yorlarda qo‘llash kasalliklarni keng tarqalishiga barham beradi va yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan hosilni saqlab qoladi.
"O‘simliklar karantini va ximoyasi" boshqarmasi Chortoq tuman bo‘limi davlat inspektori: Gʻ. Xayitov

