Chortoq tumani hokimi tadbirkorlar bilan uchrashdi
2025-04-12 15:25:00 / Yangiliklar
Chortoq tuman hokimi Ilhomjon Sattarov "Oromgoh" mahallasida joylashgan "Quddus" davolanish va dam olish maskanida sihatgohlar tashkil etish yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan va yangi boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Asosiy e’tibor, Chortoq tumanining iqlim sharoitidan kelib chiqib, mazkur sohani rivojlantirish orqali ichki va tashqi turizmni ommalashtirishga qaratildi.
Tuman hokimi o‘z so‘zida sohada o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, uni yanada rivojlantirishda mavjud muammo, to‘siq va kamchiliklarni bartaraf etish, qolaversa, bu borada yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tumanimiz turizm salohiyatini yanada ko‘chaytirish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilayotgani, bunda esa siz tadbirkorlarning hamkorligi bu boradagi ishlarimizning yanada oldinga yurishida muhim omil bo‘ladi, -dedi tuman hokimi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda sohani rivojlantirish, sihatgohlar sonini yanada ko‘paytirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlanib, muhokama qilindi.




