CHORTOQ SHAFTOLISI — EKSPORTBOP MAHSULOTGA AYLANMOQDA
2026-06-05 12:45:00 / Yangiliklar
CHORTOQ SHAFTOLISI — EKSPORTBOP MAHSULOTGA AYLANMOQDA
Chortoq tumanida yetishtirilayotgan shaftoli hosili oʻzining yuqori sifati va taʼmi bilan nafaqat ichki bozorlarda, balki xorijiy mamlakatlarda ham xaridorlar eʼtiborini qozonmoqda.
Bugungi kunda tumandagi qator fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan parvarishlanayotgan sara shaftoli mahsulotlari xorij davlatlariga eksport qilinmoqda.
Bu esa mahalliy bogʻdorchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va zamonaviy agrotexnologiyalarning amaliy natijasidir.
Ayniqsa, intensiv bogʻlarni tashkil etish, serhosil navlarni ekish hamda ilgʻor xorij tajribalarini joriy etish orqali hosildorlik va mahsulot sifati sezilarli darajada oshmoqda. Natijada eksport geografiyasi kengayib, yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda va aholi daromadlari ortib bormoqda.
— Turkiya va Italiya tajribasi asosida intensiv bogʻlar barpo etdik. Zamonaviy texnologiyalar va serhosil navlar hisobiga yetishtirilayotgan mahsulotlarimiz xalqaro bozor talablariga javob bermoqda. Bugun Chortoq shaftolisi xorijlik isteʼmolchilar tomonidan ham yuqori baholanmoqda, — deydi "Toʻrgʻunboy Joʻraboy Munavvar" koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi rahbari Husanboy Usmonov.







