Oltin boshoqlar mavsumi: Chortoq tumanida gʻalla oʻrimi boshlandi
2026-06-04 18:50:00 / Yangiliklar
Oltin boshoqlar mavsumi: Chortoq tumanida gʻalla oʻrimi boshlandi
Yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholini asosiy turdagi mahsulotlar bilan barqaror taʼminlashda don yetishtirish alohida ahamiyatga ega. Gʻalla — xalqimiz rizq-roʻzi, barakali hayot asosidir. Shu bois bugungi kunda uni aniq va puxta reja asosida yetishtirish, ziyonsiz yigʻib-terib olish — dehqon va fermerlar oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugun Chortoq tumanida ham gʻalla oʻrimiga qizgʻin kirishildi.
Tumandagi "Muchum Keskanyor tex servis" MMTPda gʻalla oʻrimi oldidan tadbir boʻlib oʻtdi.
Hosilga baraka, mavsumni betalafot oʻtkazishni tilab duolar qilindi.
Maʼlumot uchun:
Chortoq tumanida joriy yilda 1832 gektar maydonda gʻalla parvarishlandi. Yetishtirilgan hosilni tez va sifatli yigʻishtirib olish uchun 7 ta otryadga 7 ta oʻrim kombayni biriktirildi.










