Chortoq tumanida g‘alla o‘rim kombaynlari mavsumga shay holatga keltirildi
2026-04-26 14:40:00 / Yangiliklar
Chortoq tumanida g‘alla o‘rim kombaynlari mavsumga shay holatga keltirildi
Chortoq tumanida joriy yilda 1832 gektar maydonda kuzgi boshoqli don ekinlari parvarish qilinmoqda. Gʻalla o‘rimi mavsumiga esa oz fursat qoldi.
Yetishtirilgan hosilni nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, qisqa muddatlarda yig‘ib olishda o‘rim kombaynlarining texnik sozligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda tumanda mavjud 7 ta don o‘rish kombayni "Muchum Keskanyor tex servis" MMTP bazasida jamlanib, texnik jihatdan mavsumga to‘liq shay holatga keltirildi.
Tegishli mutaxassislardan iborat 7 ta o‘rim otryadlari shakllantirildi
Bugun g‘alla o‘rim kombaynlari mavsum oldidan sinov haydovidan o‘tkazildi. Texnikalar uzoq masofaga yurg‘izilib, ularning barcha texnik ko‘rsatkichlari amalda tekshirildi.
Ushbu jarayon orqali texnikalarning soz va uzluksiz ishlashiga yana bir bor ishonch hosil qilindi.
Tuman hokimi Ilhomjon Sattarov, soha vakillari hamda nuroniylar ishtirokida texnikalarning mavsum davomida bexato xizmat qilishini tilab duolar qilindi.










