Bunyodkorlik
2026-04-25 14:20:00 / Yangiliklar
Bunyodkorlik
Aholi birdamligi — farovon mahalla kafolati
Tashabbusli byudjet — aholi birdamligi va yurt farovonligining amaliy ifodasiga aylanmoqda.
Chortoq tumanining Biliqko‘l mahallasi aholisi buni o‘z misolida yaqqol namoyon etdi: mahalla ushbu loyihada uch marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Natijada hududda asfaltlanmagan ko‘cha deyarli qolmadi. Xususan, 2025 yilning 2-mavsumida 1,5 milliard so‘m mablag‘ jalb qilinib, bugungi kunda Xushnudlik va Mehriobod ko‘chalarida asfaltlash ishlari jadal olib borilmoqda.
Bu esa, avvalo, aholi birdamligi, faolligi va ertangi kunga bo‘lgan mustahkam ishonchining samarasi ekani shubhasiz.









