Sayohat
2026-04-24 11:25:00 / Yangiliklar
Sayohat
Namangan viloyatida o‘tkazilayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi doirasida ishtirokchilar Chortoq tumanidagi yirik sanoat korxonalaridan biri — “Chartak Mineral Water” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlarga korxonada yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan texnologiyalar hamda tabiiy mineral suvni qayta ishlashning ilg‘or usullari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, Chortoq zaminining noyob tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni jahon bozoriga chiqarish va eksport geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda mazkur korxonada uch smenali ish rejimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kuniga 700 ming dona mahsulot ishlab chiqarilmoqda hamda 15 dan ortiq xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.










