Fuqarolar_qabuli_bo‘lib_o‘tdi
2026-03-31 13:30:00 / Yangiliklar
Fuqarolar_qabuli_bo‘lib_o‘tdi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chortoq tumanidagi xalq qabulxonasida Chortoq tumani hokimi Ilhomjon Sattarov tomonidan navbatdagi hafta qabuli o‘tkazildi.
Fuqarolar tomonidan uy-joy, ijtimoiy yordam, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, kadastr, bank xizmatlari va kundalik hayotga daxldor qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Qabul jarayonida mutasaddi idoralar mas’ullari hamda tajribali nuroniylar ishtirok etdi. Murojaatlar batafsil o‘rganilib, ayrim masalalar shu joyning o‘zida hal etildi, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Muddat talab etuvchi masalalar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.







