Chortoq tumanida bayram shukuhi...
2025-12-22 10:00:00 / Yangiliklar
Yangi yil bayrami arafasida Chortoq tumanida bayramona muhit yaratish ishlari jadal davom etmoqda.
Bu yil tumandagi madaniyat markazi hududida o‘rnatilgan Yangi yil archasi bayramning asosiy ramziga aylanib, aholi va mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashadi. Ayni paytda hududda obodonlashtirish, bezatish va yakunlovchi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, aholi uchun qulay, xavfsiz va madaniy hordiq chiqarishga mos muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Chortoq tumani hokimi Ilhomjon Sattarov mazkur manzilda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mas’ullarga bayram kunlarida jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash, aholining mazmunli dam olishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, tadbirlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.





