CHIRCHIQDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASINING KUZGI MAVSUMI BOSHLANDI
2025-10-31 18:00:00 / Yangiliklar

CHIRCHIQDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASINING KUZGI MAVSUMI BOSHLANDI
Bugun Chirchiq shahridagi Chirchiq 50 yilligi ko‘chasida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi.
Tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ekotashabbuslarga hamohang tarzda, aholi o‘rtasida tabiatga mehr va ekologik madaniyatni oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda shahar hokimi Murodjon Abdurahimov boshchiligida shahar prokurori U.Ablabekov, shahar DSI boshligʻi A.Xamdamov, Yoshlar ishlari agentligi Chirchiq shahar bo‘limi vakillari, “Nuroniy” jamg‘armasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, barcha korxona-tashkilotlar jamoalari, nuroniylar va yoshlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida 400 dan ortiq turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Chirchiq shahridagi ko‘chat ekish ishlari yil oxiriga qadar izchil davom ettirilib, shaharni yanada yashil, toza va qulay ekomuhitga aylantirish rejalashtirilgan.
