Chirchiq shahrining sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan ilg‘or mutaxassislar, yosh olimlar hamda startap tashabbuskorlar diqqatiga
2025-10-22 14:55:00 / Sun'iy intellekt

DIQQAT E’LON
Xabaringiz bor, joriy yilning 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Chirchiq shahar hokimi M.Abduraximov hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mutaxassislari boshchiligida sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan ilg‘or mutaxassislar, yosh olimlar hamda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, ilg‘or g‘oyalar va innovatsion loyihalar muhokama qilinadi hamda istiqbolli takliflar qo‘llab-quvvatlanadi. (Uchrashuv o‘tkaziladigan sana qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi).
Agar sizda sun’iy intellekt yoki raqamlashtirish sohasiga oid startap loyihasi yoki innovatsion taklifingiz bo‘lsa, unda o‘z g‘oyangizni bizga taqdim eting va eng mukammal loyiha muallifi tashabbuskoriga aylaning!
Taklif va ma'lumotlaringizni telegram +99890-033-96-41 orqali yuborishingiz mumkin.
