Ona tilim – g‘ururim, faxrim!
2025-10-21 10:00:00 / Yangiliklar

Ona tilim – g‘ururim, faxrim!
Chirchiq shahrida “21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari, taniqli ijodkorlar, shoir va yozuvchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, huquq-tartibot organlari xodimlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.
Dastavval tadbir ishtirokchilari shahar markazida joylashgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, uning o‘zbek adabiyoti va tiliga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ta’kidlashdi.
Shundan so‘ng, tadbirning asosiy qismi Kimyogarlar madaniyat saroyida shiori ostida davom ettirildi. Unda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni, uning ijtimoiy hayotdagi mavqeini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar adabiyot namoyandalari, tilshunos olimlar, jamoatchilik vakillari ona tilimizning boy tarixiy ildizlari, uning zamonaviy taraqqiyotdagi o‘rni va yosh avlodga ona tiliga hurmat ruhini singdirish zarurati haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.
