Chirchiq va Droxichin shaharlari o‘rtasida hamkorlik rivojlantiriladi
2026-10-06 10:50:00 / Yangiliklar

Chirchiq va Droxichin shaharlari o‘rtasida hamkorlik rivojlantiriladi
Bugun Chirchiq shahri hokimi Murodjon Abdurahimov hamda Polshaning Droxichin shahri meri Voysex Bojim boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Chirchiq va Droxichin shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, sanoat, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Polsha delegatsiyasining Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida Chirchiq shahrining iqtisodiy salohiyati, investitsiyaviy imkoniyatlari, istiqbolli loyihalar hamda tadbirkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va do‘stona aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Shundan so‘ng, delegatsiya vakillari Chirchiq shahridagi “Agrotech” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdilar.
