Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdik.
2026-09-25 11:00:00 / Yangiliklar

Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdik.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda oldimizda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildik.
Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim.
