CHIRCHIQ VA GAOYAN SHAHARLARI O‘RTASIDA DO‘STONA KELISHUV IMZOLANDI
2026-09-17 17:25:00 / Yangiliklar

CHIRCHIQ VA GAOYAN SHAHARLARI O‘RTASIDA DO‘STONA KELISHUV IMZOLANDI
Chirchiq shahar delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida Xebey provinsiyasining Gaoyan shahrida qator uchrashuv va tadbirlar o‘tkazildi.
Tashrif avvalida delegatsiya a’zolari Gaoyan shahridagi Baodin kasb-hunar kollejida bo‘lib, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov va Gaoyan shahri hukumati partiya kotibi janob Qi Zhigo boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki shahar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ta’lim sohasida tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yakunida Xitoy Xalq Respublikasi Xebey provinsiyasi Gaoyan shahri hamda Toshkent viloyati Chirchiq shahri o‘rtasida do‘stona hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuv bitimi imzolandi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Gaoyan shahridagi Milliy bog‘da ham bo‘lib, ikki shahar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida “Do‘stlik daraxti”ni ekish marosimida ishtirok etdilar.
