CHIRCHIQ SHAHAR DELEGATSIYASI GAOYAN SHAHRIDAGI SANOAT MAHSULOTLARI KO‘RGAZMASI BILAN TANISHDI
2026-09-16 18:50:00 / Yangiliklar

CHIRCHIQ SHAHAR DELEGATSIYASI GAOYAN SHAHRIDAGI SANOAT MAHSULOTLARI KO‘RGAZMASI BILAN TANISHDI
Chirchiq shahar delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Xebey provinsiyasi Gaoyan shahrida bo‘lib, “Gaoyan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi” zaliga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya Gaoyan shahrining yetakchi sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ularning hamkorlik aloqalari, shuningdek, shaharning tarixi va rivojlanishiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur tashrifda Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov hamda shahar hokimining o‘rinbosari Sh.Raimjanov ishtirok etdi.
