Mo‘ynoqlik yoshlar Chirchiq transformator zavodida
2026-09-08 10:55:00 / Yangiliklar

Mo‘ynoqlik yoshlar Chirchiq transformator zavodida
Mo‘ynoqlik yoshlar Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida Chirchiq transformator zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida yoshlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat faoliyati hamda mahsulot tayyorlash bosqichlarini kuzatib, soha mutaxassislaridan zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif yoshlarning ishlab chiqarish sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi kasb va imkoniyatlar bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
